O‘zbekiston Kubogi. "Andijon" - AGMK hozircha tenglik, ammo ertaga...

  • 2 sentabr, 2022, 15:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

3 sentyabr kuni “Bobur Arena”da bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Soca-Cola Kubogi 1\4 final doirasidagi “Andijon” hamda AGMK jamoalari ishtirokidagi uchrashuvga oid qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Tecno

Ikkala klub O‘zbekiston Kubogi musobaqasida 4 marta maydonda to‘qnash kelishgan. Ilk o‘yin 2008 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda 1\8 finali edi. Dastlabki uchrashuvda AGMK 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Javob bahsida vakillarimiz yagona gol evaziga g‘olib chiqishgan. Ammo ikki o‘yin natijasiga ko‘ra olmaliqliklar chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Keyingi bahs oradan 4 yil o‘tib, 2012 yilgi mavsumda yuz berdi. Bu safar ham jamoalar 1\8 finalda kuch sinashdilar. “Andijon” birinchi uchrashuvda 3:1 natijasi bilan ustun keldi. Javob o‘yinida jamoamiz 1:2 hisobida yutqazgan bo‘lsa ham o‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

2008 yil

1\8 final

AGMK – “Andijon” – 2:0

“Andijon” – AGMK - 1:0

 

2012 yil

1\8 final

“Andijon” –“Olmaliq” – 3:1

“Olmaliq” – “Andijon” - 2:1

prevyu

Oldin xabar berganimizdek, “Andijon” 9 marta 1\4 finalda o‘ynagan. AGMK esa 2018 yili O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan. Finalda “Paxtakor” 3:1 hisobida taslim etilgan.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!