O‘zbekiston Kubogi. "Voha derbisi"da "Nasaf" qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi
O‘zbekiston Kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Surxon" - "Nasaf" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 6-daqiqada Sharof Muhitdinov qarshiliklarni oldinga olib chiqdi. Taym so‘nggiga yaqin Bobur Akbarov hisobni tenglashtirdi. 63-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Husniddin Aliqulov "ajdarlar"ning g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, qarshiliklar keyingi bosqichga yo‘l oldi.



Fikrlar