
O‘zbekiston kikboksing terma jamoasi Turkiyada 8 ta medalni qo‘lga kiritdi
8-11 aprel kuni Turkiyaning Antalya shahrida kikboksing WAKO bo‘yicha Evropa ochiq chempionati tashkil etiladi. Mazkur turnirda bir qator sportchilarimiz ham ishtirok etdi. Quvonarlisi uch kun davom etgan ushbu turnirda vakillarimiz to‘rtta oltin va to‘rtta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ayniqsa, K-1 yo‘nalishida ringga ko‘tarilgan og‘ir vazn toifasidagi vakilimiz Hasan Baratov uchta jangda ishtirok etib, barchasini nokaut bilan mag‘lub etdi va turnir chempioniga aylandi. Uning egizagi Husan Baratov esa “lou-kik” yo‘nalishida bronza medaliga ega chiqdi. Shuningdek, qolgan oltita medal ham “lou-kik” yo‘nalishida qo‘lga kiritildi.
Mazkur ajoyib natija bilan O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi rahbari Oybek Normetov boshchiligida sportchilarimizni muborakbod etamiz!
Fikrlar