
O‘zbekiston jahon chempionatiga chiqish uchun Saudiya arabistoni va Yaponiya tajribasini qo‘llagani ma’qulmi?
Koronavirus pandemiyasi tufayli e’lon qilingan karantin paytida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish, mulohaza yuritish, keyingi rejalarni obdon o‘ylab olish uchun imkoniyat paydo bo‘lmoqda.
Bilasiz, ayni paytda deyarli barcha davlatlarda ommaviy tadbirlar, sport musobaqalari to‘xtatilgan. 20 nafar o‘zbekistonlik futbolchi klublar safida ro‘yxatdan o‘tkazilgan qo‘shni Tojikistonda va ikki nafar legionerimiz harakat qilayotgan Belarus Respublikasida chempionat musobaqalari o‘tkazilmoqda, xolos.
Sog‘-salomat koronavirusni engib o‘tsak, yana o‘zimizdagi futbol bellashuvlarini birgalikda kuzatib boramiz, degan umidda uyda o‘tiribmiz. Shunday pallada terma jamoamiz qachon jahon chempionatiga chiqarkin, qanday qilib bu vazifani uddalarkin, deb o‘yga tolishimiz tabiiy.
Ko‘pchilik buning uchun bolalar futboli, akademiyalarni rivojlantirishga jiddiy qarash kerakligini aytmoqda. Bu gaplarda jon bor. Bolalar futboliga imkon darajasida yoki qo‘ldan kelgancha e’tibor qaratilmoqda.
Ba’zilar chempionatimiz kuchli bo‘lsa, mundialga borishimiz mumkinligini aytayapti. Ichki birinchilik qachon kuchli bo‘ladi? Qachonki, klublarimiz xususiylashtirilsa. Keyingi yili kamida 3 ta klubimiz xususiy bo‘ladi, deyilsa, ochig‘i, siz kabi biz ham bunga ishonmaymiz. Bunga bir necha yil kerak. Futbolimiz, klublarimiz pul sarflaydigan odamni o‘ziga qaratishi uchun yaxshigina vaqt talab etiladi. Qilinadigan ishlar juda ko‘p. Yillar kerak. Bu orada biz kamida yana bitta yoki ikkita jahon chempionatini o‘tkazib yuboramiz.
Maqsadimiz esa ayni paytdagi holatimizda ham JChga borish. Xo‘sh, qanday qilib? Osiyoning boshqa terma jamoalari bu borada qanday yo‘l tutishgan? Biz ham ular kabi saralashlardan doimiy tarzda o‘ta oladigan darajaga chiqamizmi? Keling, bu savollarga javob topishga urinib ko‘raylik.
Oxirgi jahon chempionatiga chiqish uchun Saudiya Arabistoni katta ishlarni amalga oshirdi. Mamlakat futboli rahbarlari La Liga rahbarlari bilan o‘ta manfaatli bitim imzolashdi. 2018 yilning yanvarida Rossiyadagi dunyo birinchiligiga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun saudiyalik 9 futbolchining Ispaniya klublarida o‘ynashi uchun imkoniyat qilindi. Mazkur kelishuv asosida Fahad al-Muvallad ("Levante"), Yahyo ash-Shahriy ("Leganes"), Salim ad-Davsariy ("Vilyarreal"), Nuh al-Musa ("Valyadolid"), Ali an-Namer ("Numansiya"), Abdulla al-Hamdan ("Sporting Xixon"), Abdulmajid as-Sulayhim ("Rayo Valekano"), Marvan Usmon ("Leganes B") va Jobir Issa ("Vilyarreal B") Ispaniyada to‘p tepdi. Ularning 3 nafari Ispaniya yuqori divizioni hisoblangan La Ligada, 4 tasi Ispaniya ikkinchi divizioni klublarida o‘ynagan bo‘lsa, yana ikki futbolchi ispan klublari akademiyasida tahsil olishdi.
Yakunda 9 futbolchidan uchtasi (Salim ad-Davsariy, Yahyo ash-Shahriy, Fahad al-uvallad) Saudiya Arabistonining “JCh-2018”ga taqdim etilgan yakuniy 23 kishilik qaydnomasiga kiritildi. Bu kamdir, ammo murabbiyning tanlovi shunday edi.
Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni terma jamoasi va "Al Nasr" klubi hujumchisi As-Sahlaviy 3 hafta mobaynida "Manchester Yunayted"da shug‘ullanish imkoniga ega bo‘ldi.
Hamma harakatlar terma jamoani kuchaytirishga, futbolchilarning tajriba to‘plashiga qaratilgandi. To‘g‘ri, saudiyaliklar mundialda uzoqqa borishmadi, guruhdan chiqa olmay, 3-o‘rinni egalladi. Ammo Muhammad Salohi bor Misrni engishni uddalashdi. Eng asosiysi, yana qit’amizdagi etakchi jamoalar qatoriga qaytishdi. Toshkentda mag‘lubiyatga uchrayotganda kambek amalga oshirib, O‘zbekiston milliy terma jamoasini taslim etgan aynan Saudiya hisoblanadi. Demak, federatsiya amalga oshirgan qisqa muddatli bitimlar ko‘p jabhalarda terma jamoa foydasiga ishlagan.
Yana bir misol. Yaponiya Osiyoning eng kuchli jamoalari qatorida. Qit’adagi har bir musobaqada chempionlikka asosiy da’vogar. Bu jamoa bir paytlar Germaniya Bundesligasi vakillari bilan amalga oshirgan kelishuvga asosan terma tarkibini kuchaytira olgan. Bundesliganing ko‘plab klublarida yaponiyaliklar to‘p tepadi. Ularning ayrimlari asosiy tarkibdan muqim joy egallamagan bo‘lsa-da, tajriba to‘plamoqda, mashg‘ulotlarda chiniqmoqda, har xil taktik vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerakligini ko‘zi bilan ko‘ryapti. Germaniyadagi yulduz futbolchilarning yonida yurib, ko‘p narsani o‘rganmoqda. Natija qanday ekanligini Yaponiya terma jamoasi erishgan yutuqlardan bilish mumkin. Yaponiyalik yoshlarni hozirgi kunda hatto “Real” va “Barsa” ham o‘z safiga qo‘shib olmoqda. Buni ushbu klublar muxlislari juda yaxshi bilishadi.
Bu borada bizning imkoniyatlarimiz qanday? Biz ham futbolchilarimizni kuchliroq chempionatlarga yubora olamizmi? Ha. Avvaliga, balki o‘yinchilarni o‘zimizga har tomonlama yaqin bo‘lgan Rossiya chempionatiga joylashimiz mumkin. Pul va boshqa kelishuvda qiyinchiliklar yuzaga kelmasa kerak.
Odil Ahmedov “Krasnodar”da faoliyat yuritgan paytida boshqa klublardan takliflar bo‘lgan. Mamlakat etakchilari uni o‘z safiga qo‘shib olishni xohlagan. Nega? Chunki uning iqtidoridan tashqari maydonda bajaradigan funktsiyasi va mehnatsevarligidir. Odil terma jamoada o‘ynab yurganda, barchadan bir bosh baland turgan. Vitaliy Denisov ham Rossiyaning kuchli jamoalarida o‘ynay olardi va shunday ham bo‘lgan. Endi bu ishni Eldor Shomurodov bajarmoqda. Unga nafaqat Rossiyaning o‘zidan, balki Germaniya va Frantsiyadan takliflar tushmoqda. Shomurodov ayni paytda terma jamoamizning etakchi hujumchisi. Yaqindagina Oston O‘runov “Ufa” klubiga ko‘chib o‘tdi. Ba’zilar O‘runov bundan ko‘prog‘iga munosib edi, deyishmoqda. U to‘g‘ri yo‘l tutdi, nazarimizda. Chunki o‘rtamiyona jamoada Oston o‘zini ko‘rsatishi osonroq va voqealar rivoji shunday kechmoqda. Uning ishlari yomon emas. Tez orada unga etakchilar qiziqsa ajab emas.
Bu sanab o‘tgan futbolchilarimiz terma jamoada o‘zlarini ko‘rsatishgan va hozir ham ko‘rsatishmoqda. Nimaning hisobiga? Albatta, bu kuchli chempionatdagi o‘yinlar evaziga. Biz, agarda jahon chempionatiga chiqishni istasak, terma jamoaga nomzod yoshlarni yoki o‘rta yoshdagi futbolchilarni Rossiyaga (imkonimiz hozircha shunga etishi mumkin, yoki undan yuqorirog‘iga) tezroq yuborishimiz kerak.
Biz nega Rossiyani tanladik? Chunki futbolchilarimiz bu mamlakatda o‘zlarini ko‘rsatishmoqda. Ya’ni, bu chempionat eshiklari biz uchun qaysidir ma’noda ochiq. Til borasida muammo bo‘lmaydi. Qolaversa, Rossiya chempionati qit’ada o‘ziga yarasha nufuzga ega. Shunday ekan bu variant biz uchun har tomonlama muhimdir.
Futbolchilarimiz Rossiya klublarining asosiy tarkibida o‘ynasa, termaga mos kelish ehtimoli balandroq. Terma jamoa futbolining o‘ziga xosligi shundaki, muayyan paytda eng kuchli futbolchilardan qisqa vaktda kuchli jamoa hosil qilish zarur. O‘yinchilarni saviyasi qancha baland bo‘lsa, murabbiyning ishi shuncha osonlashadi. Oxirgi jahon chempionatidagi Frantsiya bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Bu bir taxmin va mulohaza xolos. Qanchalik ish berishini esa vaqt ko‘rsatadi. O‘z navbatida, biz sizlardan ham taklif va mulohazalaringizni kutib qolamiz.
Xo‘sh, Sizningcha O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga chiqishi uchun qanday yo‘l tutsak to‘g‘ri bo‘ladi? Siz nima deyiz?
Fikrlar
Маросимни бошкариб борган Д.Имомхужаев кур'а ичидаги "уйин"ларини куполлик б/н ошкор килиб куйди ва нима булганда хам буни уддасидан а'ло даражада тулик чика олди хам.
Бухоро жамоасини стадиони та'мирдалиги ва барча уй учрашувларини сафарда утказиши хаммадан хам купрок Диёрга ма'лум эди.
Карангки 2-турда айнан Пахтакорга (Навбахор б/н буладиган ог'ир учрашувдан сунг тикланиб олиш у/н) тасодифан туг'ри келиши хакикатдан хам тасодифмикан. 3- тур туг'рисида умуман гапирмайман, бунга хожат йук.
Чемпионатимизда кузга куринмас шунака икир-чикирлар б/н тула бир холатда Ж/Чга 4*- та йулланмадан бирига да'во килишимизга хаккимиз борми узи йукми ???
Ха албатта Диёр хам Худо эмас-ку, олдимизда тугаши номалум Карантин унинг пухта режаларини барбод килди.
Энди бу ёг'ига Худони айтгани булади.
Футболимиз теппасида рахбарият алмашинуви юз бергач купчилик мухлисларда умид туг'ила бошлаганди, афсуски бу умидлар 1- турдаёк(Пахтакор-Навбахор 2:1) чилпарчин булди.
Чемпионатимизда Пахтакорни маг'луб этишдаги чекловларни куркмасдан олиб ташланса ва келишилган уйинларга какшатгич зарба берилса албатта Ж/Ч га(хозирги холатда) секин-асталик б/н йулакча очса булади, лекин QATAR-22 га менимча энди кеч колдик назаримда.
Я - как ученый и опытный человек - предлагаю правительству РУз создать и реализовать специальный национальный проект РУз: спецкоманда РУз по футболу для выхода на чемпионат мира по футболу.
Спецкоманда по футболу создается из 22 футболистов-добровольцев.
Вначале спецкоманда может создаваться как дублеры сборной.
Спецтренировки в интенсивном и нетравматичном режиме проводятся по новым и усовершенстванным методам с использованием новых технических средств и известных психофизических законов.
За несколько месяцев все футболисты достигнут уровня профессионального мастерства ведущих футболистов мира (Пеле, Марадона, Яшин, Месси, Роналду...) и выше них.
Текст проекта имеется.
14.04.2020.
Кто хочет стать высококлассным, дорогим футболистом для трансфера в ведущие мировые клубы пусть тренируется забивать голы и играть по моим методам (читайте в ФБ). Например, вы знаете как тренироваться забивать гол через себя в падении 100 раз за 1 час без травмирования?
Миллий чемпионат савиясини хам ошириш керак, лекин хозир куп клубларимизни максади чемпионатда юкори уринлар эмас, шу клуб оркасидан чунтагига пул ишлаш