O‘zbekiston ishtirok etadigan jahon chempionatini qaysi telekanal ko‘rsatadi?

  • 18 may, 2023, 18:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 20 may kuni Argentinada futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati boshlanadi. Musobaqaning ochilish o‘yinida o‘tgan oy qit’a chempionligini tantana qilgan terma jamoamiz mezbonlarga qarshi saf tortadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 20 maydan 21 mayga o‘tar kechasi soat 02:00 start oladi.

Tecno

Ammo okean ortidagi ushbu muhim turnirni o‘zbekistonlik muxlislar qaysi telekanal orqali jonli efirda tomosha qilishi mumkin degan savol ko‘pchilikni o‘ylantirmoqda. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatini translyatsiya qilgan “Uzreport” telekanali sharhlovchisi Bobur Akmalovning ma’lum qilishicha, yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanishiga sanoqli kunlar qolgan bo‘lsada, haligacha o‘yinlar qaysi o‘zbek telekanali orqali namoyish etilishiga oydinlik kiritilmagan.

Internetdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning “Match TV” telekanali ushbu musobaqani namoyish etish huquqini qo‘lga kiritgan. Agar O‘zbekiston telekanallarining hech biri translyatsiya huquqini sotib olmasa, u holda Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz ishtirok etadigan mundialni “Match TV” orqali tomosha qilishimizga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
18/05/2023 23:59
https://sports.uz/games/match/4140622. Бу нима?
muxriddin begaliev
18/05/2023 20:31
Ha ôlsina angliya chepionatini olib bermasa boshqa ôyinlarni olib bermasa endi ôzbekiston jahon chempionatida ôynasada uniham kôrolmasak eeee 20 ta kanal bor lekin bir tiyinga qimat sifatsiz narsalarni qayerda qolgan musur kinolarni sotib olguncha shuni hal qilish kerak ajratilgan pullarni chôntakka urmasdan
Бахтийор Ашуров
18/05/2023 22:10
Ғам еманг Спорт ТВ бари бир ОЛИБ беради.