O‘zbekiston delegatsiyasi Universiadalardagi eng yaxshi natijasini yangiladi!

CHERY AUTO

Germaniyada o‘tayotgan Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etdi. Hozirgina yakunlangan taekvondo WT bo‘yicha aralash jamoaviy bellashuvda hamyurtlarimiz oltin medalga sazovor bo‘lishdi.

Tecno

Misrga qarshi kechgan murosasiz bahsda yurtdoshlarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bellashuvlarda Diyoraxon Azizova, Madina Mirabzalova, Shohjahon Karimboev hamda Najmiddin Qosimhojiev jamoamiz sharafini himoya qilishdi. Qayd etish joiz, sportchilarimiz shu paytgacha Universiada o‘yinlarida 3 ta oltin medalga ega chiqmagan edi.

Shuning bilan delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 3 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronzani tashkil qilmoqda. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!