O‘zbekiston chorak finalga chiqsa, turnir favoritlaridan biriga qarshi o‘ynashi mumkin

  • 28 may, 2023, 09:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinada bo‘lib o‘tayotgan 20 yoshlilar o‘rtasidagi mundialning 3-tur uchrashuvlariga ham etib keldik. "A" guruhidan joy olgan O‘zbekiston 2-o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi.

Tecno

Haydarov shogirdlarining raqibi "C" guruhida 2-o‘rinni olgan jamoa bo‘ladi. Ushbu guruhdagi ikkita o‘yin ham yakunlandi. Unda Kolumbiya Senegal bilan durangga imzo chekkan bo‘lsa, Isroil Yaponiyani 2:1 hisobida mag‘lub qildi va 2-pog‘onaga ko‘tarildi. Shuningdek, O‘zbekistonning 1/8 finalidagi raqibiga aylandi.

Qayd etish lozim, ushbu juftlik g‘olibi chorak finalda Braziliya yoshlariga qarshi maydonga chiqishi mumkin. Hozircha Braziliyaning raqibi aniq bo‘lganicha yo‘q. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!