O‘zbekiston chempioni Xabi Alonsoga jamoa tanlab berdi
O‘z davrida “Bunyodkor” tarkibida O‘zbekistonning uch karra chempioni, ikki karra mamlakat kubogi sohibi va chempionat to‘purari bo‘lgan braziliyalik futbol yulduzi Rivaldo “Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. uchun jamoa tanlab berdi.
- Men Xabi Alonso “Real”da qolishiga umid qilaman. U ajoyib murabbiy, Germaniyada juda katta ishlarni uddalagan.
Agar u ketadigan bo‘lsa, “Liverpul”ga o‘tish ideal variant bo‘ladi. Alonso bu klubni yaxshi biladi, chunki o‘sha erda o‘ynagan va bu omil ko‘p narsani osonlashtiradi. Shunday qilsa, bitta top-klubdan ikkinchisiga o‘tgan bo‘ladi.
Umuman olganda esa, men Xabi Alonso “Real”da qolishi va o‘zining murabbiylik sifatini namoyish etishi tarafdoriman. Buning uchun uni butun jamoa qo‘llab-quvvatlashi talab etiladi,- dedi Rivaldo One Football nashriga.
Eslatib o‘tamiz, 1999 yili “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan Rivaldo 2008-2010 yillar davomida Toshkentning “Bunyodkor” klubida faoliyat yuritgan.



Fikrlar