O‘zbekiston chempioni turnir darajasi haqida fikr bildirdi

  • 14 dekabr, 2021, 23:04
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. 57 kilogramgacha bo‘lgan vaznda chempionlikni qo‘lga kiritgan Shunqor Abdurasulov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

-Bu galgi O‘zbekiston chempionati haqida fikrlaringiz qanday?

Tecno

-O‘zbekiston chempionatini ham tugatib oldik. Turnir yaxshi tarzda o‘tdi. Yosh va kuchli sportchilar ko‘p edi. Bu chempionat avvalgilaridan yaxshiroq bo‘ldi. Sababi, hakamlar chet eldan kelgandi. Barchasi yuqori saviyada tashkillashtirildi.

-Final haqida nima deya olasiz?

Albatta, raqibim kuchli edi. Kim ko‘p mehnat qilib, o‘z ustida ishlagan bo‘lsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.

-Chempionat davomida eng noqulay raqib deb kimni ayta olasiz?

-Birinchi jangdagi namanganlik raqibim noqulay edi. Ikkinchisida Fazliddin Kattaqulov bilan tushdim. U ham ancha kuchli edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!