O‘zbekiston chempioni: Ronalduga maslahat berib, Messini ogohlantirdi

  • 5 may, 2023, 14:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bunyodkor” tarkibida O‘zbekiston chempioni va chempionat to‘purari bo‘lgan Rivaldo Osiyo futbolini yaxshi tushungani uchun “An-Nasr”da o‘ynayotgan Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida o‘zini baxtiyor his etmayotgani va yozda jamoadan ketishi haqimda ovozalar tarqalyapti. Men ayrim o‘yinchilar u erlarga katta pulga  shartnoma imzolash uchun borishini tushunaman. Lekin u erda hayot tarzi yopiq, futbol esa oson emas.

Balki uning hafsalasi pir bo‘lgandir, olayotgan pullari baxtli yashash tuyg‘usining o‘rnini bosa olmayotgandir va shuning uchun ham hozirgi jarayondan chiqish yo‘llarini qidirayotgandir.

Bu hamma o‘yinchilarning boshiga tushishi mumkin. Messi ham Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tsa, shu holatga duch kelish ehtimoli katta.

Futbol uchun Ronalduning “Real”ga qaytishi va mana shu klubda faoliyatini yakunlashi yaxshi bo‘lar edi. Tabiiyki, muxlislar ham undan 25 yoshidagi o‘yinlarni talab qilib bo‘lmasligini tushunishi kerak. Lekin Krishtianu hozir ham madridliklarga sovrinlarni yutishda yordam berishga qodir, - dedi Rivaldo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!