O‘zbekiston - Yaponiya uchrashuviga muxlislar kiritilmaydi. O‘yinni tomosha qilishning birgina yo‘li bor!

  • 15 iyun, 2022, 11:19
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun U23 Osiyo Kubogi yarim finali doirasidagi uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Tecno

Biz uchun ahamiyatlisi, 21:00 da O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi yaponiyalik tengqurlariga qarshi maydonga tushadi. OFK taqiqiga ko‘ra, bellashuvga o‘zbekistonlik muxlislar kiritilmaydi. Raqib tomon ishqibozlaridan 500 nafargacha bo‘lgan o‘yinni bevosita stadiondan kuzatish imkoniyatiga ega.

Shu tariqa, O‘zbekiston - Yaponiya bahsini tomosha qilishni istaganlar "UzReport" telekanalini kuzatishi kifoya. Ikkinchi yarim final qarama-qarshiligi - Avstraliya hamda Saudiya Arabistoni jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda aniqlanadi. 18:00 da boshlanadigan bahs "Futbol TV" kanali orqali translyatsiya qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!