
O‘zbekiston - "Shaxtyor" Soligorsk: Hisob yirik ko‘rinishga keldi (Matnli translyatsiya)
Assalomu alaykum, muhtaram futbol ixlosmandlari. Birozdan so‘ng boshlanuvchi O‘zbekiston - "Shaxtyor" Soligorsk o‘rtoqlik uchrashuvi matnli tarzda e’tiboringizga havola etiladi. Uni sizlar bilan Javohir Azimov kuzatib boradi.
90. Uchrashuv yakunlandi! Bu o‘yin bizga zudlik bilan o‘ylab ko‘rilishi shart bo‘lgan masalalar borligini ko‘rsatib berdi. Keyingi o‘yinlarga qadar sog‘-salomat bo‘ling!
88. Hech bo‘lmasa bitta gol urish uchun oldinga o‘tayotgan vakillarimiz quruq qo‘l bilan ortga qaytyapti.
86. Bozorovning faol harakatlari raqib himoyachilariga muammo tug‘dirmoqda.
84. Ubaydullaev uzatgan to‘pni sherigi darvozaga yo‘llay olmadi.
81. Erkinov yana bir marta ofsaydda qolib ketdi. Raqib himoyachilari bu borada yaxshi harakat qilmoqda.
78. Abramov shogirdlarining hujumdagi ishlari umuman yurishmayapti.
75. Futbolchilarimiz ko‘zida olov ko‘rinmayapti.
73. Hojimat Erkinov voqealar rivojidan biroz ilgarilab ketdi.
71. Murod Holmuhammedovning standartdan yo‘llagan zarbasi noaniq ketdi.
69. Futbolchilarimiz oldinga o‘tishga harakat qilmoqda. Biroq aksariyat hujumlar besamar yakunlanyapti.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limidan olingan suratlarni tomosha qiling!
66. "Shaxtyor" tarkibidagi legionerimiz Shahzod Ubaydullaev maydonga tushdi.
64. Ikki tomon futbolchilari o‘zaro tortishib ketdi. Vaziyatga hakam aralashdi.
63. Turg‘unboevning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi.
61. Soligorskliklar futbolchilarimizni maydon markazida kichik qo‘polliklar bilan to‘xtatyapti.
59. Zaxiradan Abramov maydonga tushirgan futbolchilar o‘yinga faollik qo‘sha oldi.
57. Vakillarimiz burchak to‘pidan unumli foydalana olmadi. Yana bir vaziyat ko‘kka sovurildi.
55. GOL! Standart vaziyatdan jarima maydonimizga etkazib berilgan to‘pni "Shaxtyor" futbolchisi darvozamizga yo‘lladi.
54. Raqibga nisbatan qoida buzgan Ibrohimhalil Yo‘ldoshev sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi.
53. "Shaxtyor" to‘pni o‘zida ushlab turibdi. Futbolchilarimiz pressing ushtirmoqda.
51. Markazga oshirilgan to‘pni raqib darvozaboni xotirjamlik bilan egallab oldi.
50. Jarima maydoni yaqinida standart vaziyatga ega bo‘ldik. To‘pni Nurillo To‘xtasinov o‘yinga kiritib beradi.
48. GOL! Yana tezkor gol o‘tkazib yubordik. Botirali Ergashevning qo‘pol xatosidan keyin Okeuchi darvozamizga ikkinchi to‘pni kiritdi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. Bo‘limlar oralig‘ida terma jamoamiz tarkibida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi.
45. Tanaffus!
44. Taym so‘ngida futbolchilarimiz orqa chiziqda to‘pni nazorat qilyapti.
42. Darbo darvozabonimiz bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Uning kuchli zarbasini Botirali Ergashev qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
39. Raqiblarimiz maydon markazida to‘pni nazorat qilmoqda.
37. Mirahmatov hujumda qoida buzdi. Hakam o‘yinni to‘xtatdi.
35. Futbolchimiz ofsaydda qolib ketdi. Yana bir hujum oxiriga etmay qoldi.
Uchrashuvdan suratlarni tomosha qiling!
33. Qodirqulovga nisbatan qoida buzgan "Shaxtyor" futbolchisini hakam maydondan chetlatdi. Biroq ikki tomon kelishuviga ko‘ra, uning o‘rniga boshqa futbolchi o‘yinni davom ettirilishiga ruxsat berildi.
32. Burchakdan oshirilgan to‘pga Golban bosh bilan zarba yo‘lladi. To‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi.
30. Qodirqulovga nisbatan raqib futbolchisi o‘ta qo‘pol o‘ynadi.
28. Husniddin G‘ofurovning zarbasidan keyin to‘pni darvozabon ushlab oldi. To‘p uchun intilgan Golban unga eta olmadi.
27. Erkinovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun standart vaziyatga ega bo‘ldik.
25. Jarima maydoni ichida G‘ofurov to‘pni to‘xtata olmadi. Vaziyat qo‘ldan ketdi.
23. Dubay shahrida havo harorati biroz yuqori bo‘lganligi uchun hakam futbolchilarga tomoq ho‘llab olish imkoniyatini taqdim etdi.
21. Standart vaziyatdan raqib jarima maydoniga uzatilgan to‘p Golbanga kelib tushdi. Biroq Igor zarba yo‘llash imkoniyatini topa olmadi.
19. Hisob o‘zgarishi mumkin edi. Biroq darvozabonimizni aldab o‘tgan raqib futbolchisi to‘pni darvozaga yo‘llashga kechikdi.
18. Burchakdan etkazib berilgan to‘pni futbolchimiz raqib darvozasiga yo‘lladi. Darvozabon vaziyat qahramoni!
16. Raqib futbolchisi yo‘llagan zarba himoyachimizga tegib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi.
14. Hisobni ochgan raqib faol o‘yin ko‘rsatishda davom etmoqda. Yigitlar uyg‘onishi lozim!
12. GOL! Jarima maydoni markaziga oshirilgan to‘pni Yuriy Kendish Ergashev darvozasiga kiritdi. Hisobda ortda qolio‘ni boshladik, afsuski.
10. Raqib standart vaziyatga ega bo‘ldi.
8. Farruh Sayfievning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.
7. Vakillarimiz o‘ng qanotdan hujum uyushtirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq jarima maydoni tomon oshirilgan to‘p himoyachidan o‘tmadi.
5. Soligorskliklar futbolchisi o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi. Hakam o‘yinni to‘xtatdi.
4. To‘p uchun kurashlar, asosan, maydon markazida kechyapti. Tomonlar ehtiyotkorlikni birinchi o‘ringa qo‘moqda.
2. Ilk daqiqalardan raqiblarimiz to‘pni nazorat qilmoqda.
1. Uchrashuv boshlandi!
0. Futbolchilar maydonga tushib keldi. O‘yin bir necha soniyalar ichida start oladi!
Fikrlar