
O‘zbekiston - Eron. Nomdor raqibni necha marta mag‘lub etganmiz? (statistika)
Bugun "CAFA Nations Cup" turniri finali doirasida O‘zbekiston va Eron terma jamoalari to‘qnash keladi.
O‘FA matbuot xizmati mazkur bahs oldidan tomonlarning o‘zaro o‘yinlarida qayd etilgan natijalar aks etgan statistikani taqdim etdi. Shu vaqtgacha "oq bo‘rilar" "Osiyo yo‘lbarslari"ga qarshi 11 bor maydonga tushib, 1 marta g‘alaba qozongan. Yana bir uchrashuvda kuchlar teng kelgan bo‘lsa, 9 bahsda raqib g‘alabani tantana qilgan.
Fikrlar