
O‘zbek-Xitoy bokschisining qarama-qarshiligi, o‘rtaga chempionlik kamari tikilgan!
Xabar berib o‘tganimizdek, 6 sentyabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk shahrida RCC promousheni tomonidan professional boks kechasi tashkil etiladi. Ushbu boks oqshomida 4 nafar o‘zbekistonlik bokschilar ham ringga ko‘tariladi. Ular qatorida mag‘lubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz Muhammad Shexov ham navbatdagi jangini o‘tkazadi. U birinchi yarim engil vazn (55,2 kg) da IBF Interkontitental chempionlik kamari uchun xitoylik Jon Liga qarshi bahs yuritadi.
Ma’lumot uchun, Shexovning rekordiM 14-0-1,4KO bo‘lsa Lining rekordi 19-1,7 KO ko‘rinish olgan.
Fikrlar