
O‘zbek shaxmatchisi dunyoning eng kuchli grossmeysterlariga qarshi dona suradi
10-11 iyul kunlari chess24.com onlayn shaxmat platformasida (https://chess24.com/ru/watch/live-tournaments/san-fermin-masters-final-2021/1/1/1) San-Fermin Masters onlayn shaxmat musobaqasining final bahslari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa blits shaxmat bo‘yicha Olimpiya tizimida, vaqt nazorati asosida o‘tkaziladi.
Final bosqichida dunyoning eng kuchli 8 nafar shaxmatchisi ishtirok etishi belgilangan. Ular orasida shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen (Norvegiya), dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan So Uesli (AQSh), Levon Aronyan (Armaniston), Ding Liren (Xitoy), Eduardo Bonelli Iturrizagal (Ispaniya) va boshqalar bor.
Bizni quvontirgani, dunyoning eng kuchli grossmeysterlari safida o‘zbekistonlik eng iste’dodli shaxmatchilardan biri Nodirbek Abdusattorov ham San-Fermin Masters onlayn shaxmat musobaqasi g‘olibligi uchun dona suradi.
Hamyurtimiz chorak finalda armanistonlik Levon Aronyan bilan bahslashadi. Agar ushbu bahsda Nodirbek g‘alaba qozonsa, u holda yarim finalda xitoylik Ding Liren hamda ispan shaxmatchisi Jeymi Santos Latasa qarama-qarshiligida ustun kelgan grossmeyster bilan kuch sinashadi.
Fikrlar