O‘zbek o‘g‘loni ONE FC turnirida raqibini "yanchib" tashladi!

BEPUL PROPAN

Xabar berib o‘tganimizdek, ayni vaqtda Tailandning bankok shahrida ONE Lumpine turniri davom etmoqda. MMA hamda professional muaytay bo‘yicha o‘tkazilayotgan jang kechasida yosh iste’dodli vakilimiz Aslamjon Ortiqov professional muaytay bo‘yicha navbatdagi jangini o‘tkazdi.
U mezbonlar vakili Petxuaninga qarshi ringga ko‘tarildi. Butun jang mobaynida raqibidan yaqqol ustunlik qilgan yurtdoshimiz 3-raund o‘tib borayotgan bir pallada raqibini nokautga uchratdi va chiroyli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Albatta, biz ushbu ajoyib g‘alaba bilan uni va murabbiylarini muborakbod etamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!