O‘zbek legioneri hali Evropada ham porlaydi!

  • 22 may, 2021, 08:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shahboz Umarov – Belarus chempionatida ketma-ket ikki yildan beri muvaffaqiyatli to‘p surmoqda. Bu mamlakatdagi ekspertlar o‘zbek legionerini Belarusda uzoq vaqt ushlab turish qiyinligini va yaqin kelajakda Evropaning kuchliroq chempionatlariga o‘tib ketishini ta’kidlamoqda.

Tecno

Belarus tarixida eng ko‘p chempion bo‘lgan BATE 2020 yilgi mavsumda “Energetik-BGU”dan ikki marta mag‘lubiyatga uchradi. Soligorskdagi uchrashuvda Jasur Yaxshiboev, Borisovdagisida Shahboz Umarov BATEni tiz cho‘kdirdi. Ayniqsa, Shahbozning uzoq masofadan jarima zarbasini BATE darvozasiga joylab qo‘ygani yutubda 50 mingdan ortiq tomoshabin e’tiborini qozondi.

0d3ee44aa9aabf62a555dff7b8e026a7

BATE o‘tgan yozda har ikki futbolchiga taklif yubordi. Shahboz bilan kelishish oson bo‘ldi va u yangi mavsum boshida borisovliklar tarkibiga qo‘shiladigan bo‘ldi. Jasur o‘tgan yilning yozida moliyaviy masalada kelisha olmadi va “Shaxtyor” o‘tib, bu jamoani chempion qilganidan yaxshi xabardormiz.

BATEning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Kirill Alshevskiyga  Umarovning tezkorligi, har ikki oyoqda kuchli zarba berishi, texnikasi va pas oshirish mahorati juda ma’qul kelgandi. Belarus futbolidagi insayder Vladislav Taturning ta’kidlashicha, BATE yarim himoyachimiz transferi uchun 100 ming evro sarf qilgan. Umarovning talablari ham kamtargina edi.

Shahboz o‘tgan yili “Energetik-BGU”da uchta pozitsiyada o‘ynadi. U avval himoyaga yordam berdi, keyinroq maydon markazidan boshlab, har ikki qanotdan hujum uyushtirish vazifasini oldi, Jasur Yaxshiboev ketganidan keyin ikkinchi davrada oldingi chiziqda o‘ynadi.

014.03.2021_bate_slyzk_30

BATE yosh futbolchini aniq bir pozitsiya uchun olmadi. Avvalgi murabbiy Kirill Alshevskiy qo‘llagan taktik sxemada Shahboz hujumkor yarim himoyachi sifatida o‘rtadan ham, qanotdan ham joy olishi mumkin edi.

Borisovliklarning hozirgi ustozi Vitaliy Jukovskiy jamoani 4-2-3-1 sxemasiga o‘tkazdi va bunda Umarov faqat qanotlardan birida to‘p tepishi lozim bo‘ladi. Bu holat Umarov uchun muammo emas. U har ikki qanotda yaxshi o‘ynaydi.

2021 yilgi chempionatni tahlil qilib borayotgan ekspertlar Shahboz Umarovga qanot hujumchisi ampluasi ko‘proq mos kelishini ta’kidlamoqda. Hozirgacha legionerimiz BATE futbolchilari orasida o‘yin vaqti bo‘yicha (519 daqiqa) o‘ninchi o‘rinda. Lekin shunga qaramay, foydalilik koeffitsenti yuqori. U to‘rtta gol urdi. So‘nggi zarba uchun qulay pas oshirishda va muvaffaqiyatli dribling ishlatishda ligada etakchi, havodan aniq to‘p uzatishda, yakkakurashlarda g‘olib chiqishda va tezkor hujumga o‘tishda  ikkinchi ko‘rsatkich sohibi bo‘ldi. Shuningdek, jarima maydonchasida to‘pga teginish, zarbalar soni, harakat vaqtida aniq to‘p oshirishda ham etakchilar qatorida bormoqda.

Ekspertlar Shahbozni ligada golli vaziyatlar yaratishda eng mahoratli futbolchilardan biri ekanini ta’kidlamoqda. Bundan tashqari, hamyurtimiz aniq pas oshirish, dribling, standart vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha ham yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda.

02.03.2021_shaxter_bate_supercup_39

Joriy mavsumning dastlabki 10-ta uchrashuvida Shahboz Umarov gol+pas tizimi bo‘yicha o‘tgan yili “Energetik-BGU”da qayd etgan natijasini (4 ta gol+ 3 ta pas) takrorladi. Bu natijaga muntazam boshlang‘ich tarkibda maydonga tushmay va ro‘za tutgan holda erishganini alohida tilga olish kerak. Bundan buyog‘iga u boshlang‘ich tarkibdan muqim joy olishi kutilmoqda.

Shahbozning shiddatli va etakchilarga xos o‘yin uslubiga ega ekanini inobatgan olgan mahalliy mutaxassislar BATE bu legionerni uzoq vaqt ushlab qola olmasligini va uni Evropaning kuchliroq chempionatiga transfer qilish orqali mo‘may daromad olishni ko‘zlayotganini yozmoqda.

014.03.2021_bate_slyzk_30

Darhaqiqat, Shahboz Umarov Belarus chempionatidagi o‘yinlari orqali O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramovning ham e’tiborini qozongan edi. Yaqinda Vadim Karlenovich Belarusga borib, uning o‘yini kuzatib keldi. Umarov terma jamoamiz kelajagi uchun yaxshi zaxira sifatida e’tirof etilmoqda.

Mourino o‘zi taniydigan Shomurodovni “Roma”da ko‘rmoqchi!

Yaxshiyam Shomurodov bor ekan!

Bizga Shomurodov kerak!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!