“O‘zbek Kanelosi” va Abdurasul Ismoilov chempionlik kamari uchun jang qiladi

  • 11 iyul, 2019, 12:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Janubiy Koreyaning “Cocky Buffalo” promouterlik kompaniyasi tarkibida yosh iste’dodli murabbiy Bobur Najmiddinov qo‘l ostida faoliyat yuritayotgan uch nafar bokschimiz chempionlik kamarlari uchun jang qiladi. Ma’lumki, 25 avgust kuni 50.8 kg vazn toifasida ringa ko‘tariladigan “Kichik Tayson” Olim Nazarov filippinlik Ivan Sorianoga qarshi "WBO international Flyweight Title" kamari uchun ringa ko‘tariladi.

Tecno

abd_1

Kuni kecha, navbatdagi yurtdoshlarimizning ham chempionlik janglarida ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi. Jumladan, 31 avgust kuni Janubiy Koreyaning Seul shahrida, 61 kg vazn toifasida janglarda ishtirok etuvchi hamyurtimiz Abdurasul Ismoilov WBA Asia kamari uchun mezbon Xvang Kil Kimga qarshi baxs olib boradi. Koreyalik bokschi professional ringda 10 marotaba jang o‘tkazib, ularning 9 tasida g‘alaba qozongan. Bir bora mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.

xushshi Amaldagi WBA Asia kamari soxibi sanaladi. Abdurasul ushbu kamarga davogar sifatida, mazkur titulni qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Eng e’tiborga molik jihati 69 kgda "WBA Asia" kamarini qo‘lga kiritgan “O‘zbek Kanelosi” deya e’tirof etiluvchi yurtdoshimiz Xusniddin Po‘latov endi 66.7 kg vazn toifasida ham ushbu kamarni ham o‘ziniki qilib olish niyatida.

xusha Bir vazn pastga tushgan yurtdoshimizga 7 sentyabr kuni Janubiy Koreyalik In Duk Seo raqiblik qiladi.Ushbu bokschi profi ringda 15 marotaba jang o‘tkazgan bo‘lsa, yagona mag‘lubiyatini ham o‘zbek bokschisi Eldor Saidovdan qabul qilib olgandi. Qolaversa, ikki bor durang ham qayd etgan.

in duk

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!