
O‘zbek futboli afsonasi OFK so‘rovnomasida ishtirok etmoqda!
Osiyo futbol konfederatsiyasi sahifalari muntazam tarzda qit’aning eng yaxshilarini aniqlash borasida so‘rovnoma o‘tkazib keladi.
Bu safar mazkur jarayonda O‘zbekiston MTJ sobiq sardori Server Jeparov ham ishtirok etmoqda. Uning nomzodi Osiyoning eng yaxshi yarim himoyachisi nomi uchun kurash olib bormoqda. Vakilimizga eronlik afsona Ali Karimi, BAA terma jamoasi yulduzi Omar Abdulrahmon hamda Iroq MTJ sobiq etakchisi Nashot Akram raqiblik qilmoqda.
OFKning "Instagram"dagi sahifasi o‘tkazayotgan so‘rovnomada siz ham qatnashish imkoniyatiga egasiz. Quyidagi havola orqali o‘ting va izohlarda o‘z nomzodingiz ismini yozib qoldiring.
https://www.instagram.com/p/CcfdrifsTWe/?utm_source=ig_web_copy_link
Fikrlar