O‘zbek boksining kelajakdagi yulduzlari kim bo‘ladi?

  • 21 fevral, 2020, 20:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

O‘zbek boks maktabi haqida har qancha iliq fikrlarni bildirsangiz arziydi. Chunki charmqo‘lqop ustalarimiz havaskor va professional yo‘nalishda ham faxrlanishga arzigulik natijalar qayd etishmoqda. Yosh iste’dodlarimiz juda ko‘p va ular, albatta, yaqin yillar mobaynida akalari uddalab kelayotgan ishlarni takrorlashiga va ulardan-da yuqori marralarni zabt etishiga ishonchimiz komil.
Biz yosh bokschilarimiz orasida kelajakda qay birlari yuksak natijalarni qayd eta oladi, degan savol bilan ba’zi bokschilarimiz, sport jurnalistlari va blogerlarga murojaat qildik.
Quyida ularning tanlovini e’tiboringizga havola etamiz:

                                          Sardor Rahimov (jurnalist).

Tecno

-Abdumalik Xalakov haqiqiy iste’dod! Mujbillo Tursunov ham O‘zbekiston chempionatida ajoyib harakat qildi. Ularda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritish salohiyati bor.

Sar

                                         Isroil Madrimov (bokschi).

-Bunday yoshlarimiz juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ularning barchasini ism sharifi yodimda yo‘q. Lekin Abdumalik Halakov kelajakda yaxshi natijalar qayd eta oladi. Uning masofani sezishi va kerakli vaqtda zarba yo‘llay bilishi yoqadi.

photo_2018-09-09_09-45-40
                                             Azamat Murodov (jurnalist).

-Abdumalik Halakov hamda yaqin o‘tmishda ajoyib bokschi bo‘lgan Laziz Zokirovning o‘g‘li Jahongir Zokirovni aytgan bo‘lardim.

Azamat
                                             Qudratillo Abduqahhorov (bokschi).
- Havaskor yo‘nalishdagi o‘smir va yoshlar toifasidagi yutuqlarimiz ham ajoyib ko‘rinish olmoqda. Afsuski, ularni yaxshi tanimayman. Men biladiganlar esa hozir kattalar o‘rtasida ham o‘z so‘zlarini ayta olayapti. Misol uchun, Abdumalik Halakov, Jahongir Rahmonov, Sanjar Tursunovlarni ta’kidlab o‘tish mumkin.

kudrat
                                              Hasanboy Do‘stmatov(bokschi).
- Bugungi kunga kelib, o‘zbek boksi yuqori cho‘qqilarga ko‘tarildi. O‘ylaymanki, yoshlarimiz ham ushbu yuksaklikni ushlab qola oladilar. Chunki bunga etarlicha sabablar bor. Mamlakatimizda sportga katta e’tibor qaratilmoqda. Tajribali murabbiylar ham juda ko‘p. Shuningdek, mahoratli yoshlar istalgancha topiladi.
Savolingizga kelsak, juda yoshlar emas-u, 2024 Olimpiadada Iqboljon Holdorov, Abdumalik Halakov, Lazizbek Mullajonov va Bilolbek Mirzarahimovlar ajoyib natijalar qayd eta olishga qodirlar. Qolaversa, 2022 yilgi o‘smirlar Olimpiadasi ham yangi, kelajagi porloq yoshlarni kashf etadi.

Xasanboy
                                                Orif Ahmedov (bloger).
- Abdumalik Halakov hamda Jahongir Rahmonovlar o‘z ustilarida ishlashdan to‘xtab qolishmasa, yulduzlik kasaliga chalinmasalar yaxshi natijalar qayd etishlariga ishonaman.

Orifjon
                                                 Miftoxiddin Absaliev( bloger).
- Mujbillo Tursunov va Abdumalik Halakovlar o‘zbek boksining kelajakdagi yulduzlariga aylanishadi deb o‘ylayman.

Miftoxiddin
                                                 Jalol Ahmedov ( bloger).
- Albatta, hozirgi avlod bokschilarimizga yoshlar va o‘smirlarimizdan ham munosib izdoshlar etishib chiqmoqda. Xususan, yosh bo‘lsa-da, allaqachon kattalar o‘rtasida musobaqalarda qatnashib, tajriba to‘plab kelayotgan yosh iste’dodlardan 52 kg vaznda O‘zbekiston chempioni Fozil Abdumurodov, yoshlar o‘rtasida Osiyo, jahon va Olimpiada chempioni, kattalar o‘rtasida 60 kgda joriy yilgi mamlakat chempioni Abdumalik Halakov, 64 kg vaznda kumush medal sohibi Mujibillo Tursunov, Asadho‘ja Mo‘ydinho‘jaev, qolaversa , 91 kgda jiddiy raqiblarni mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarila olgan Jamshid Abdullaev, +91 kg da kumush medalni qo‘lga kiritgan norasmiy jahon kubogida Rossiyaning birinchi va ikkinchi raqamli bokschilarini mag‘lub etib, chempionga aylangan Lazizbek Mllajonov, garchi, turnirlarda ko‘p ham ko‘rinmasa-da, ammo terma jamoa yig‘inida doimiy ravishda mashg‘ulot o‘tkazadigan yashirin istedod, 69 kg vaznli Bilolbek Mirzarahimovlarni etirof etardim. Shuningdek, hozirda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida musobaqalarda zafar quchib kelayotgan mamlakat va Osiyo chempioni, halqaro turnirlar g‘olibi, og‘ir vaznli Jahongir Zokirov, 81 kgda Shohjahon Abdullaev, 75 kgda Login Petrov va 52 kgda Mirzabek Mirzahalilovlarni ta’kidlab o‘tish mumkin.

Jalol

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Сурхон Барлос
23/02/2020 10:04
57кг Каттақулов бор
Dastan Uteuliev
22/02/2020 22:44
Маладес боксерлар