O‘zbek bokschilari qaysi futbol klublariga muxlislik qilishadi? (2-qism)

  • 14 may, 2020, 15:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘zbek bokschilarining millionlar o‘yiniga munosabati,  ular yoqtirgan jamoalar va futbolchilar haqida maqolamizning ikkinchi qismini havola etamiz.

Tecno

Rustam To‘laganov: Ayni kunda murabbiylik faoliyatini olib borayotgan Stefano Piolining muxlisi edim. U ko‘plab jamoalarda to‘p surgan. Misol uchun, “Parma”, “Inter”, “Latsio” umuman Italiyaning aksariyat klublarida yaxshi faoliyat olib borgan. Uning ishtirokidagi o‘yinlarni bevosita “Parma”da ilk bor tomosha qilganman. Shuning uchun, ushbu klubga befarq emasman.

To‘laganov

Isroil Madrimov: To‘g‘risi, o‘zim futbol o‘ynashga juda qiziqaman. Lekin tomosha qilish borasida ashaddiy ishqibozman, deb ayta olmayman. Shuning uchun, bitta jamoa yoki bir futbolchi emas, balki bir nechtasini o‘yin uslubi yoqadi. Masalan, Krishtianu Ronaldu va Muhammad Saloh ishtirokida o‘yinlarni muntazam ko‘rishga harakat qilaman. Klublarga kelsak, “Real”, “Liverpul”, garchi  mersisaydliklarning ashaddiy raqibi bo‘lsa-da, “Manchester Yunayted” ham yoqadi.

isa

Doston Turdiev: “Barselona” ga bo‘lgan hurmatim cheksiz va birorta o‘yinini qoldirmay ko‘raman. Futbolchilardan  Lionel Messining o‘yinlaridan zavq olaman.

dos

Mirazizbek Mirzaxalilov: Madridning “Real” jamoasi muxlisiman. “Yuventus”ga o‘tib ketgan bo‘lsa ham Krishtianu Ronaldu eng sevimli futbolchimdir.

Mirazi

Ulug‘bek Haqberdiev: Futbolga bo‘lgan ishqibozligim juda yuqori. Nafaqat men, balki ko‘plab bokschilar ham bu sport turiga juda qiziqishadi. Ba’zan o‘rtamizda o‘zaro tortishuvlar ham bo‘lib turardi. Men Madridning “Real” klubiga yoshligimdan beri muxlisman. Yana bir qator bokschilar ushbu jamoaning ishqibozlari edi. Iqbol Xoldorov, Hasanboy Do‘smatovlar “Barselona”ning muxlislaridir.  Shahram va Fazliddin avval “Real”  shinavandalari edi. Keyinchalik “Yuventus”ga o‘tib ketishdi.

ulug‘bek

Shahram G‘iyosov : Krishtianu Ronaldu va “Yuventus”.

Sha=

Ravshanbek Mahammatjonov: Krishtianu Ronaldu davridan buyon “Real” jamoasining ishqiboziman. Hozirgi kunga kelib, “Yuventus” klubi ishtirokidagi o‘yinlarni ham qoldirmay ko‘rib boraman. Lekin “Real” men uchun birinchi raqamli jamoa.

rav

Sardor Muzaffarov: “Barselona” ning muxlisiman. Messi esa, sevimli futbolchim. Unga o‘xshagani endi chiqmasa ham kerak.

Muzaffarov

Ravshanbek Shermatov:  “Liverpul” va Muhammad Saloh.

Ra

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!