Murabbiy Boobur Najmiddinovning Sports.uz saytiga ma’lum qilishicha, janglar ajoyib tarzda bo‘lib o‘tgan va avstraliyaliklar jiddiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qilishgan. Jumladan, “Victory 8 boxing” promouterlik kompaniyasining rahbari va asoschisi Robert Xill professional yo‘nalishda faoliyatini boshlash arafasida turgan va professional boksda ilk qadamlarini tashlab ulgurgan o‘zbekistonlik iqtidorlar bilan ishlash niyatida ekanligini aytgan. Shuningdek, unga bir qator yosh bokschilarimiz tavsiya qilinganligi va bu borada tez orada yangiliklar bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring.

O‘zbek bokschilari avstraliyalik promouter nishonida...
Janubiy Koreyaning “Cocky Buffalo” promouterlik kompaniyasi bilan shartnomaga ega professional bokschilarimiz Olimjon Nazarov, Abdurasul Ismoilov va Ravshanbek Shermatov murabbiy Bobur Najmiddinov qo‘l ostida Vetnamda tayyorgarlik olib borayotganligi, qo‘shimcha ravishda Avstraliyaning “Victory 8 boxing” promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilinishi ko‘zda tutilayotganligi va bugun, “Cocky Buffalo” mijozlari jumladan, o‘zbek bokschilari hamda “Victory 8 boxing” tarkibidagi charmqo‘lqop ustalari o‘rtasida sparring janglari bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik. Ushbu sparring janglar Avstraliya promouterlik kompaniyasining Xoshimin shahridagi ba’zasi hisoblanadigan “VSP boxing GYM” arenasida tashkil etildi.
Fikrlar