O‘z uyidagi mehmon yoxud AGMK yana chempionat peshqadami bilan o‘ynaydi
O‘zbekiston chempionatining 8-turida AGMKning raqibi Navoiyning "Qizilqum" jamoasi bo‘ladi.
O‘yin 11 may kuni Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida soat 19:00da boshlanadi. Mazkur bahsda Qosimov shogirdlari nominal mehmon sifatida o‘ynaydi. Navoiydagi stadionda ta’mirlash ishlari bo‘layotgani tufayli "Qizilqum" joriy mavsum uy uchrashuvlarini Olmaliqda o‘tkazmoqda.
Ushbu qarama-qarshilikda jamoalar 31 bor to‘qnash kelgan. O‘zaro o‘yinlarda ustunlik olmaliqliklar tarafida. AGMK hisobida 14 ta, "Qizilqum"da esa ikkita kam - 12 g‘alaba mavjud. Qolgan 5 o‘yinda esa g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar farqi ham AGMK foydasiga: 52-44.
Bellashuv hakami etib Shavkat Nasibullaev tayinlangan. VARga javobgar esa Firdavs Norsafarov.



Fikrlar