
Oybek Jo‘raev ikkinchi jangini ham g‘alaba bilan yakunladi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Toshkent vaqti bilan 18:30dan so‘ng -54 kg vazn toifasida Oybek Jo‘raev albaniyalik Zeneli Ariol bilan ringga ko‘tariladi.
Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz qizil formada, uning raqibi ko‘k libosda harakat qiladi.
Oybek birinchi raundni o‘z foydasiga hal qildi - 4:1.
Hakamlar bir ovozdan Jo‘raevning ustunligini qayd etishdi - 5:0.
Hamyurtimizning oxirgi raundda ham qo‘li baland keldi - 3:2. Yakuniy hisob 5:0 Oybek Jo‘raevning g‘alabasi.
Fikrlar