Oxirigacha o‘ynab ber, endi!

  • 12 dekabr, 06:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bornmut” klubi o‘z hujumchisi Antuan Semeno rahbariyati qishki transferlar oynasi oldidan Angliya Premer-ligasining “kuchli oltilik” klublari nishonida turganiga qaramay, uni hech bo‘lmaganda yozgacha tarkibda saqlab qolmoqchi.

Tecno

Aslida Semenoga qiziqish ancha oldin boshlangan. Yozda “Manchester Yunayted” va “Tottenxem” futbolchini so‘rab, “Bornmut”ga murojaat qilgan. Taklifga qaramay Semeno klub bilan shartnomani uzaytirgandi.

Yangi bitimda o‘yinchini yanvarda 65 million funt sterlingga olish imkonini beruvchi band bor. Bu imkoniyat 10 yanvargacha amal qiladi. Chunki qolgan vaqt mobaynida “Bornmut” hujumchiga o‘rinbosar topishga ulgurishi kerak.

BBC xabariga ko‘ra, 2026 yil yozida 25 yoshli futbolchining shartnomasidagi badal puli miqdori 60 million funtgacha pasayishi ko‘rsatilgan.

“Bornmut” mutasaddilari ganalik to‘purarni yanvarda sotib yuborish moliyaviy jihatdan foydaliroq bo‘lsa-da, Semeno mavsumni jamoada yakunlashini istayapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!