Oxirgi turlarga kelib, muxlislar uchun Superliga qiziq bo‘lmay qoldi. Ishqibozlar futbolimizda tasodiflar bo‘lishiga ishonmaydi chog‘i

  • 27 noyabr, 2023, 16:38
  • Bekzod Isayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

22-24 noyabr kunlari Superligada 25-tur bahslari o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Tecno

Ushbu turda bir qator qiziqarli o‘yinlar, o‘ziga xos qarama-qarshiliklar kuzatildi.

Superliga bilan xayrlashgan “Buxoro” o‘z uyida imkoniyatni boy berdi. Mavsumni qoniqarsiz o‘tkazgan OKMK doimgidek oxirida jonlanib, sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qilmoqda. “Turon” Yaypanda engildi va u ham ligani rasman tark etishi aniq bo‘ldi. 

“Bunyodkor” “Metallurg”ni, “Neftchi” “Qizilqum”ni taslim etdi. Endi navoiyliklar o‘tish bahsida “Qo‘qon-1912” bilan kuch sinashadi. Bellashuv 5 dekabr sanasida “Qo‘qon-1912” maydonida bo‘lib o‘tadi.

photo_2023-11-24_13-26-36

“So‘g‘diyona” Qarshida durang o‘ynadi. “Navbahor” esa “Olimpik”ka yutqazdi. Bu orqali jizzaxliklar Berdiev jamoasini, Kapadze shogirdlari “lochinlar”ni chempionlik poygasidan chiqarib yubordi. Bundan foydalangan “Paxtakor” bir tur qolganda “Surxon”dan 3 ochko olib, chempionlikka erishdi. 

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.

25-turda stadionlarimizga jami 21136 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir bellashuvga o‘rtacha 3019ni tashkil qiladi.

Aytsak ishonmaysiz, eng ko‘p muxlis Toshkentda. “Surxon” - “Paxtakor” o‘rtasidagi o‘yinni 6063 tomoshabin arenadan kuzatgan. Bu o‘yinning ahamiyati ancha yuqori edi. Chunki “sherlar”ning yaqin ta’qibchilari ochko yo‘qotganidan kelib chiqib, “Paxtakor” durang o‘ynasa ham chempionga aylanardi. Ammo Shatskix shogirdlari g‘alaba qozonib, yana kubokni boshi uzra baland ko‘tardi.

IMG_1135

“Nasaf” - “So‘g‘diyona” o‘rtasidagi turning markaziy uchrashuvlaridan biriga 2752 ishqiboz tashrif buyurdi. Nursiz durang qayd etilgan bellashuvga qiziqish haminqadar edi. Ammo yakunda…

Eng kam tomoshabin ham poytaxtda. “Bunyodkor”ning “Metallurg”ga qarshi uchrashuvini tomosha qilish uchun 315 kishi stadionga keldi.

Bu raqamlar shundan dalolat beradiki, Superliganing oxirgi turlari muxlislar uchun qiziq bo‘lmay qolgan. To‘g‘ri, chempion nomi deyarli aniq edi. Ammo amalda imkoniyat borligi ham fakt edi. Lekin ishqibozlar bizning futbolda tasodiflar bo‘lishiga ishonmaydi chog‘i.

IMG_1126 (1)

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

“Surxon” - “Paxtakor” 1:2. 6063

“Neftchi” - “Qizilqum” 1:0. 5866

“Buxoro” - OKMK 0:1. 2971

“Nasaf” - “So‘g‘diyona” 0:0. 2752

“Turon” - “Andijon” 1:3. 2316

“Olimpik” - “Navbahor” 2:1. 853

“Bunyodkor” - “Metallurg” 1:0. 315

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Murodov Baxriddin
27/11/2023 17:13
PFL UFA va hakamlar kamandasi soxtachempion
2-o‘rin asl chempion xalq uchun
А689 НМ
28/11/2023 11:42
Узбек мухлислари учун суперлигада 2нчи уриндаги жамоа чемпион! Очко угриларини хеч ким чемпион хисобламайди.Бухородан угирланган 3 очкодан кейин уни чемпионлиги аник булганди шундан кейин суперлигада тасодиф булишига хеч ким ишонмай куйди хаммаси сценарий буйича булишига шубха колмади
&
Сафаров Кахрамонжон
28/11/2023 01:07
Пахта-сохтакорни кургани кирмаган сохтакор учун 51 мухлис келган холос у ерда Сурхонни кутлаб Вохаликлар келган пахтани чемпионлиги туалетда булади
Жабборов Ахмаджон
27/11/2023 17:58
Оҳирги эмас биринчи турдан бошлаб десангиз тўғри бўларди.
Fahriddin
27/11/2023 17:46
Hammasi sahnalashtirilgan teatr
Murodov Baxriddin
27/11/2023 17:09
Teatr tugadi bu yilgi