O‘tgan yilning eng qo‘pol futbolchisi aniqlandi

  • 2 yanvar, 2023, 13:04
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

IFFHS (Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi) o‘tgan yilning eng qo‘pol futbolchisi nomini e’lon qildi.

Tecno

Meksikaning "Tixuana" jamoasida o‘ynayotgan chililik himoyachi Nikolas Dias bu borada tengsiz deb topildi. 2022 yilda 23 yoshli janubiy amerikalik futbolchi 27 o‘yinda to‘rtta qizil kartochka olgan.

Eslatib o‘tamiz, Argentinaning "Defensa va Xustisiya" klubi futbolchisi Nazareno Kolombo ham o‘tgan yili maydondan to‘rt marta chetlatilgan edi, ammo buning uchun unga 45 o‘yin kerak bo‘lgandi. Kolombo o‘tgan yilning eng qo‘pol futbolchilari reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!