
O‘tgan mavsumni "So‘g‘diyona"da o‘tkazgan futbolchilar "Andijon" safida ko‘rikdan o‘tmoqda
Yakuniga etgan mavsumni Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasida o‘tkazgan futbolchi Siroj Meliev “Andijon” jamoasining Yangier shahrida bo‘lib o‘tayotgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga kelib qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Qayd etish kerakki, Siroj Meliev 2017 yilgi chempionatda Muborakning “Mash’al” jamoasi tarkibida Aleksandr Xomyakov qo‘l ostida to‘p surgan.
Ma’lumot uchun:
Siroj Meliev.
Tug‘ilgan yili: 28.09.1995 yil.
Ampluasi: Hujumchi.
Fuqaroligi: O‘zbekiston.
O‘tgan yilgi mavsumda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi tarkibida o‘ynagan Siroj Meliev 9 ta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, jami 512 daqiqa o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan.
Shuningdek, "So‘g‘diyona" jamoasining yana bir futbolchisi Muhammad Yuldashev ham "Andijon" jamoasi mashg‘ulotlariga taklif etildi.
Fikrlar