
O‘tgan mavsum Xavi sababli "Barselona"dan ketishi mumkin bo‘lgan futbolchi nomi aytildi
"Barselona" markaziy yarim himoyachisi Pedri o‘tgan mavsumda kataloniyaliklarning sobiq bosh murabbiyi Xavi bilan kelishmovchilik tufayli jamoani tark etishi mumkin edi. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Adrian Sanches ma’lum qildi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Pedrining yaqinlari Xavining murabbiylar shtabidagi kimdir futbolchini jamoadan ketishga undayotganini sezishgan.
Ta’kidlash joizki, bu mavsumda yarim himoyachi beshta o‘yinda ishtirok etib, ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi.
Fikrlar