Otamendi yozda "Atletiko"ga o‘tishi mumkin

  • 2 may, 2019, 21:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi himoyachisi Nikolas Otamendi "Atletiko" Madridning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 31 yoshli argentinalik futbolchi “matraschilar” safida yozda “Inter”ga ko‘chib o‘tadigan Diego Godinning o‘rnini egallashi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Otamendi barqaror o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun “shaharliklar” safidan ketmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Otamendi joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 32ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!