
Otabek Shukurov va Aziz G‘aniev BAA ustidan g‘alaba qozongan futbolchilarimiz bilan uchrashdi
Avval xabar berganimizdek, bugun Server Jeparov boshchiligidagi O‘zbekiston U15 terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklari U15 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, BAA chempionatida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar – Otabek Shukurov va Azizbek G‘aniev o‘smirlar terma jamoamizning bugungi o‘yiniga tashrif buyurishdi. Uchrashuvdan so‘ng tajribali futbolchilarimiz yosh futbolchilarimiz bilan suhbatlashib, ularni g‘alaba bilan qutlashdi.
Shuningdek, ularga hozirdan bor e’tiborlarini o‘z ustilarida ishlashga qaratishlari kerakligi, mashg‘ulotlarda tirishqoqlik va shijoat bilan harakat qilishlari lozimligini aytishdi. Mahoratli futbolchilarimiz yosh ukalariga hozir kelajak uchun mustahkam poydevor qurib oladigan payt ekanligini ta’kidlab, ularga o‘z maslahat va tavsiyalarini berdi.
Fikrlar