Otabek Narzullaev: "Albatta, mag‘lubiyatga murabbiy aybdor"

  • 6 oktabr, 01:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

”Qizilqum” - “Mash’al” (1:0) o‘rtasidagi o‘yindan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Otabek Narzullaev matbuot anjumanida quyidagicha fikr bildirdi.

Tecno

“Biz uchun muhim o‘yin edi. Uchrashuvga yaxshi tayyorlangandik. Bitta xato mag‘lubiyatga olib keldi. Yigitlar qo‘lidan kelganicha harakat qilishdi. Albatta, mag‘lubiyatga murabbiy aybdor. Futbolchilarda ozgina shijoat bo‘lishi kerak. Mehnat ham qilish lozim. Birgina shijoatni o‘zi etmaydi. Hozirgi holatimizni yaxshi deb bo‘lmaydi. Uyda “Buxoro”ni qo‘yib yubordik. “Qizilqum”ga yutqazib qo‘ydik. Nima deyishga ham hayronman. Mehnat qilyapmiz, futbolchilarga o‘rgatyapmiz, tushuntiryapmiz. Xato qilyapmiz, yutqazyapmiz. Agar xato qilmasak yutqazmaymiz.

“Qizilqum” jamoasini bilamiz. U erda do‘stimiz Akmal anchadan beri ishlayapti. Futbolda xato qilsangiz yutqazasiz. Zaxiraga ko‘proq yoshlarni olib kelgandik. Akademiya yoshlariga imkoniyat berishimiz lozim. Keyingi yilga tayyorlashimiz darkor. Qachongacha legionerlarga tayanib ish qilamiz. Mag‘lubiyat bo‘layotgan paytda qaerdadir yoshlar o‘z so‘zini aytishi mumkin. Ularga umid qilgan holda maydonga tushirgandik”.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
06/10/2025 08:06
мард мураббий