Ot sporti. Xurshidbek Alimjonov “Maxsima Stable”da navbatdagi g‘alabasini tantana qildi

  • 22 iyul, 2023, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Ot sporti
CHERY AUTO

Rossiyada ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha Evrosiyo ligasining eng muhim turnirlaridan biri bo‘lib o‘tdi. “Maxsima Stable” ot sporti majmuasida o‘tgan musobaqa O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Tecno

135 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida ishtirok etgan Xurshidbek Alimjonov mazkur yo‘nalishda eng yaxshi natija qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bellashuvlar davomida sportchimizga “Chempions Ligas” laqabli tulpori hamrohlik qildi.

Musobaqadan so‘ng chavandozlarimiz Chexiya poytaxtiga yo‘l olishdi. Yurtdoshlarimiz 26-30 iyul kunlari Praga mezbonlik qiladigan navbatdagi nufuzli turnirda ishtirok etishadi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!