
Ot sporti. Terma jamoamiz a’zolari Polsha va Niderlandiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi
Ot sporti olamida 2022 yilgi bellashuvlar mavsumi yakunlanganidan so‘ng terma jamoalar xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishmoqda. Jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga qaraganda, hamyurtlarimiz ayni kunlarda Italiya va Polshadagi yig‘in orqali o‘z mahoratlarini oshirishmoqda. Mashg‘ulotlarning so‘nggi bosqichi Niderlandiyada tashkil etiladi.
Terma jamoamiz vakillari ushbu yig‘inlar orqali xalqaro tajriba almashish, o‘z mahoratlarini oshirish, kelasi yil bo‘lib o‘tadigan nufuzli musobaqalar, xususan, Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish kabi maqsadlarni ko‘zlashgan.
Fikrlar