Ot sporti. Tallindagi musobaqada vakillarimiz 5 ta medal qo‘lga kiritdi

  • 7 oktabr, 2024, 19:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Ot sporti
BEPUL PROPAN

3-6 oktyabr kunlari Estoniya poytaxti Tallin shahrida ot sportining konkur yo‘nalishida CSI2*-W, CSIU25-A, CSIYH1* turkumidagi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, ushbu musobaqada dunyoning eng kuchli chavandozlari qatorida O‘zbekiston terma jamoasining vakillari ham ishtirok etishdi. Musobaqada sportchilarimiz ham yuqori natijalarni ko‘rsatishdi.

Jumladan, to‘siq balandligi 140 sm bo‘lgan marshrutda Abdurahmon Abdullaev Otto van de Achterhoek laqabli otda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Matts V.G laqabli oti bilan Bekzod Qurbonov yakunlab berdi.  Shuningdek, Bekzod Qurbonov “6 to‘siq” yo‘nalishida, Abdurahmon Abdullaev esa 145 sm.lik marshrutda sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Musobaqaning so‘nggi kuni o‘tkazilgan to‘siqlar balandligi 150 sm bo‘lgan Gran-pri bahslarida Abdurahmon Abdullaev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!