Ot aylanib qozig‘ini topadi. "Bavariya" baribir Bundesligadan darvozabon olmoqchi

  • 17 yanvar, 2023, 12:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" Menxengladbaxning "Borussiya" klubi darvozaboni Yann Zommer bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda, deya xabar beradi jurnalist Florian Plettenberg.

Tecno

Manbaga ko‘ra, myunxenliklar 34 yoshli shveytsariyalik posbon uchun 8 million evro taklif qilgan, ehtimoliy bonuslar bilan birga bu summa 9 million evrogacha ko‘tarilishi mumkin. Lekin "Borussiya" bu taklifni rad etdi.

"Bavariya" jarohati tufayli 2022/23 yilgi mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradigan darvozabon Manuel Noyerga o‘rinbosar qidirmoqda. Germaniyalik posbon Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidan so‘ng oyog‘ini sindirib olgandi.

Joriy mavsumda Zommer gladbaxliklar safida 15 ta uchrashuvda 19 ta gol o‘tkazib yubordi. "Transfermarkt" portali futbolchining narxini 5 million evroga baholamoqda va uning amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!