Oston O‘runovning sobiq murabbiyi Germaniya klubini boshqarishi mumkin

  • 22 fevral, 2021, 16:27
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

«Spartak» klubi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko faolyatini Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sport xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, germaniyaliklar rahbariyati 35 yoshli murabbiyni jamoaga taklif qilishni o‘ylamoqda. Tedesko mavsum oxirida Moskvani tark etadi. Bu haqda u dekabrda aytib o‘tgan.

Domeniko 2017-2019 yillar «Shalke»ni boshqargan. O‘shanda u Bundesligada 2-o‘rinni egallagandi. Murabbiy 2019 yilning martida lavozimini tark etgandi. Oktyabrda esa «Spartak» ustoziga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
22/02/2021 18:38
Ey ketsin iloyim qaytib kelmasin Spartakka Rus Murabbiyi qo‘yilsa zo‘r bo‘lardi Ostonni qadriga yetadigani