Oston O‘runovning jamoasi EChLni "Benfika", "Monako", "Seltik" yoki "Galatasaroy" klublaridan biriga qarshi boshlashi mumkin

  • 27 may, 2021, 22:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Oston O‘runov to‘p suradigan Moskvaning "Spartak" klubi yangi mavsumda Chempionlar ligasini 3-saralash raundidan boshlaydi.

Tecno

Uushbu bosqichda Rossiya grandiga raqiblik qilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Bular "Benfika" (Portugaliya), "Monako" (Frantsiya), "Seltik" (Shotlandiya), "Rapid" (Avstriya), "Galatasaroy" (Turkiya) va "Midtyullann" (Daniya) klublaridir.

"Spartak"ning raqibi 19 iyul kuni bo‘ladigan qur’a natijalariga ko‘ra ma’lum bo‘ladi. Ushbu bosqichning dastlabki uchrashuvlari 3 yoki 4 avgust, javob o‘yini esa 10 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

“Spartak” yakunlangan mavsum Rossiya premer-ligasida 57 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi. 65 ochko to‘plagan “Zenit” chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Bundan avvalroq mavsumning ikkinchi yarmini "Ufa" safida ijarada o‘tkazgan Oston O‘runov yana "Spartak"ga qaytishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!