
Oston O‘runovni yangi mavsumda "Roma" murabbiyi shug‘ullantirishi mumkin
«Roma» klubi bosh murabbiyi Paulu Fonseka faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Betting Insider xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, portugaliyalik mutaxassis Moskvaning "Spartak" klubi ustoziga aylanishi kutilmoqda. 48 yoshli murabbiyning rimliklar bilan tuzgan shartnomasi 2020-2021 yilgi mavsum so‘ngida tugaydi. Ammo kelishuvga ko‘ra, "Roma" EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, bitim o‘z-o‘zidan bir yilga uzaytiriladi.
Hozircha, Paulu Fonseka jamoasida EChLda qatnashish imkoniyati borligi bois, takliflarni ko‘rib chiqishdan bosh tortmoqda. Shuningdek, rossiyaliklar uning yiliga 5 million evro maosh olishi borasidagi talabi o‘ylantirmoqda.
"Spartak" Oston O‘runovni bir oy avval mavsum oxirigacha "Ufa"ga ijaraga berib yubordi. Yangi mavsumda hamyurtimiz Moskvaliklar safiga qaytsa, tajribali murabbiy qo‘l ostida shug‘ullanishi ehtimoli bor.
Fikrlar