Oston O‘runov "Ufa"ga kerak emas

  • 14 yanvar, 2021, 19:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ufa" bosh direktori Rinat Shaybekov Oston O‘runovning jamoaga qaytishi to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Tecno

"Biz O‘runov transferi masalasida hech qanday muzokara olib bormayapmiz. Oston — "Spartak" futbolchisi va hozir jamoasi bilan yig‘inga yo‘l olgan. Men u haqida mosvaliklar bilan ham gaplashmaganman", - dedi Shaybekov.

Oston O‘runov 2020 yil yozida "Ufa"dan "Spartak" jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum "qizil-oqlar" safida jami 9 ta bahsda maydonga tushdi va 1 ta gol kiritishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!