Oston O‘runov uchun noxush xabar!

  • 17 mart, 2022, 15:57
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Rossiya Premer-ligasi klublari moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Ufa" o‘z futbolchilari maoshlarini qisqartirishni rejalashtiryapti. Klub a’zolariga ularning hisob raqamiga odatdagidan kamroq pul tushishi aytilgan. Avvalroq, RPLning boshqa bir jamoasi "Krasnodar" ham maoshlarni qisqartirgandi.

Boshqirdistonliklarning hozirgi holati unchalik yaxshi emas. Agar klub quyi divizionga tushib ketsa, faoliyatini butkul to‘xtatishi ham mumkin.

Joriy mavsum Oston O‘runov jamoasi 21-turdan so‘ng RPL turnir jadvalida 15-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!