Oston O‘runov transferida tub burilish. Hamyurtimizga yangi xaridor chiqdi

  • 20 iyul, 2022, 23:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oston O‘runovning transferi bilan bog‘liq xabarlar tinmayapti. Hamyurtimizni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘lganlar soni yana bittaga ko‘paydi.

Tecno

Rossiyaning metaratings.ru nashri Ostonga yangi xaridor chiqqanini ma’lum qildi. Vakilimizga Eronning "Istiqlol" klubi qiziqib qolgan.

Eronliklar O‘runovni transfer qilishni istaydi. Ammo unga "Spartak"da oladigan maoshni to‘lay olmaydi. Futbolchi esa oyligi kamayishini istamayapti. Aynan mana shu omil transferga to‘sqinlik qilmoqda.

Avvalroq "Navbahor" ham Ostonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi, biroq Rossiyadagidek yiliga 600 ming evro emas, balki 100 ming evro berishga tayyorligi borasida xabarlar urchidi. Keyin esa namanganliklar matbuot xizmati ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini, Oston ularning rejalarida yo‘qligini bildirdi.

Voqealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzating!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!