Oston O‘runov ramziy jamoadan joy oldi!

  • 2 dekabr, 03:27
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron Pro ligasining 11-tur uchrashuvlari yakunlandi. Ushbu turda "Persepolis" safida maydonga tushgan Oston O‘runov "Shams Azar" darvozasiga gol kiritib, jamoasining 2:1 hisobida g‘alaba qozonishini ta’minladi.

Tecno

Eronning "Futbol 360" nashri esa tur ramziy jamoasini tuzib chiqdi. Quvonarlisi, ushbu jamoaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Oston ham kiritildi.

Ma’lumot uchun, Tehronliklar ayni paytda turnir jadvalida 18 ochko to‘plab, 2-o‘rinda bormoqda. Ular keyingi turda "Istiqlol"ga qarshi bahs olib boradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!