
Oston O‘runov premer-liganing navbatdagi turida maydonga tushadimi?
"Ufa" bosh direktori Shamil Gazizov jamoaning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Oston O‘runov Rossiya premer-ligasining 27-turidan o‘rin olgan "Sochi"ga qarshi o‘yinda ishtirok etolmasligi mumkinligini haqida ma’lum qildi.
“Ertaga Oston umumiy guruhga qo‘shiladi, qolganini keyin ko‘ramiz. Navbatdagi o‘yinda uning maydonga tushish yoki tushmasligi hozircha noma’lum. Buni shifokorlar va murabbiylar shtabi hal qiladi”, - dedi Gazizov.
O‘runov aynan jarohat sabab o‘tgan tur “Spartak”ga (3:0) qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi. "Ufa" - "Sochi" uchrashuvi 25 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
20 yoshli Oston “Ufa” safiga davralar oralig‘ida “Spartak”dan ijara asosida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida ufaliklar safida jami 7 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar