
Oston O‘runov jamoasiga yangi bosh murabbiy keldi! U avval Italiya terma jamoasi, "Chelsi" va "Inter"da ishlagan (FOTO)
Italiyalik Paolo Vanoli rasman Moskvaning “Spartak” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, rus grandi 49 yoshli mutaxassis bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan. Tomonlar o‘zaro kelishgan holda ushbu shartnomani yana bir yilga uzaytirishlari ham mumkin.
Vanolining murabbiylar shtabida Marko Donadel (yordamchi), Marko Dzukker (darvozabonlar murabbiyi), Jampero Asenzi (fitnes murabbiyi) va Andrea Byanki (tahlilchi) faoliyat olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, “Spartak” joriy hafta portugaliyalik mutaxassis Ruy Vitoriya bilan hamkorlikni to‘xtatgan edi.
Poytaxtliklar mavsumning birinchi qismini RPLda 9-o‘rinda yakunladi, shuningdek, Evropa ligasining 1/8 finaliga yo‘l oldi.
Aytish kerakki, Paolo Vanoli uchun bu murabbiylik faoliyatidagi ilk mustaqil tajriba hisoblanadi. U avvalroq 2010-2017 yillarda Italiya terma jamoasida, keyin esa “Chelsi” va “Inter”da Antonio Kontening murabbiylar shtabida ishlagan.
Fikrlar