Oston O‘runov 12 aprelgacha karantinda bo‘ladi

  • 29 mart, 2020, 22:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Oston O‘runov to‘p surayotgan "Ufa" klubi karantin muddatini 12 aprelga qadar uzaytirdi. Bu haqda klub bosh direktori Shamil Gazizov xabar berdi.

Tecno

“Karantin 12 aprelgacha uzaytirildi. Dastlab 2 aprelgacha edi, endi esa 12 aprelgacha”, - deydi Gazizov.

Rossiya premer-ligasi koronavirus pandemiyasi tufayli 10 aprelga qadar to‘xtatilgan edi. Biroq, ushbu muddat katta ehtimol bilan yana uzaytiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Oston O‘runov “Ufa”da mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!