Oston nega "Ufa"ga qaytmagani sababi ma’lum bo‘ldi

  • 14 yanvar, 2021, 22:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ufa" yozda "Spartak"ga sotgan yarim himoyachisi Oston O‘runovni yana ortga qaytarishga urunib ko‘rdi, ammo bu amalga oshmadi.

Tecno

Rossiyalik jurnalist Ivan Karpovning ma’lum qilishicha, ufaliklar 20 yoshli hamyurtimizni ijaraga olishni rejalashtirishgan edi. Ammo “Ufa” shunda ham Ostonning maoshini “Spartak” tomonidan to‘lanishi shartini qo‘ygan. Moskva grandi esa tabiiyki, bunday taklifga darhol rad javobini bergan.

Oston O‘runov “Spartak”ga 2020 yilning yozida 1 mln evro evaziga aynan “Ufa”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 9 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi. Uning moskvaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!