
O‘smirlarimizning "Rivojlanish kubogi"dagi raqiblari ma’lum
Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 16–21 fevral kunlari Minsk shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi. O‘smirlarimiz yig‘in doirasida “Rivojlanish kubogi” xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi. Islom Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz “A” guruhida Belarus, Tojikiston va “Blockchain” sport akademiyasi jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Shuningdek, turnirda Rossiya, Eron, Ozarbayjon hamda Qozog‘iston U-17 terma jamoalari ham ishtirok etadi.
16 fevral
BSA — O‘zbekiston
17 fevral
Belarus — O‘zbekiston
19 fevral
O‘zbekiston — Tojikiston
21 fevral
Final va 3, 5, 7-o‘rinlar uchun
Fikrlar