Oskar sog‘lig‘idagi muammolari sabab faoliyatini yakunlaydi

  • 13 dekabr, 00:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sobiq "Chelsi" yarim himoyachisi va "San-Paulu" futbolchisi Oskar sog‘lig‘idagi muammolari tufayli karerasini yakunlaydi.

Tecno

"ESPN" nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, yarim himoyachi yaqin do‘stlariga professional sportdan ketish qarorini ma’lum qilgan.

11 noyabr kuni Oskar rejali tekshiruv jarayonida ogohsiz holga kelib, "San-Paulu" shifoxonasida besh kun davomida shifokorlar nazoratida bo‘lgan.

Unga qon bosimi va yurak urushlari sonining tushishi tashxisi qo‘yilgan.

"San-Paulu" rahbariyati futbolchi bilan uchrashib, uning kelajagi haqida maslahatlashishni rejalashtirmoqda. Oskarga klubda ish taklif etilishi ham mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!