Oskar Piastri - 21-asrda "Katta dubulg‘a" yutgan birinchi "Maklaren" poygachisi!

  • 1 sentabr, 22:20
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto
CHERY AUTO

Avstraliyalik 24 yoshli "Maklaren" poygachisi Oskar Piastri Niderlandiya Gran-prisi yakunlariga ko‘ra, "Formula-1"da "Katta dubulg‘a" (Grand Slam)ni qo‘lga kiritgan Britaniya jamoasining XXI asrdagi birinchi poygachisi bo‘ldi - saralashda poul-pozitsiyani qo‘lga kiritdi, poygada g‘alaba qozondi, har bir aylanada marra sari etakchilik qildi, shuningdek, tezkor aylanani o‘rnatdi.

Tecno

Bundan tashqari, Piastri Formula-1 poygalarida Jek Breybxemdan keyin bu natijaga erishgan birinchi avstraliyalik poygachiga aylandi. U 1966-yilgi mavsumda "Katta dubulg‘a"ni qo‘lga kiritgan.

Niderlandiya Gran-prisi natijalariga ko‘ra, Oskar F-1 Poygachilar Jahon chempionati reytingida peshqadamligini mustahkamladi. U hozircha 309 ochko to‘plagan. Ikkinchi o‘rinni esa uning sherigi Lando Norris 275 ochko bilan band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!